Линклар

logo-print

Ozarbayjon ichkarisidagi aholisining aksari armanilardan iborat Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Armaniston hukumati Ozarbayjonni 2 aprelga o‘tar kechasi og‘ir qurollar, tank, og‘ir artilleriya va harbiy vertolyotlardan aholi punktlariga zarbalar berganlikda ayblamoqda. Har ikki tomonda qurbonlar bor.

Armaniston Mudofaa vazirligi qarshi hujumga o‘tishga majbur bo‘lgani va Ozarbayjonning bir harbiy vertolyotini urib tushirganini bildirdi. ​

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi esa Tog‘li Qoraboqqa tutash chegara nuqtasida qo‘shinlari arman harbiylarining hujumiga duch kelgani va bunga qarshi favqulodda chora sifatida javobiy hujumga o‘tishga majbur qolganini bildirdi.

Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon ichkarisidagi etnik armanilar tarafidan nazorat etiluvchi bahsli hudud hisoblanadi.

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ tufayli davom etayotgan mojaro hanuz echimini topmagan.

Tog‘li Qorabog‘ bilan birga unga tutash yetti tuman Armaniston nazoratida qolmoqda.

Armaniston Mudofaa vazirligi 2 aprel kungi harbiy to‘qnashuvlarda har ikki tarafdan qurbonlar bo‘lganini bildirdi. Lekin, halok bo‘lganlar soni hozircha ma’lum emas.

Rasmiy Yerevan Tog‘li Qorabog‘dagi 2 aprel kungi to‘qnashuvlar 1994 yilda tomonlar o‘rtasida sulh bitimiga erilishlganidan buyongi eng qaqshatgich to‘qnashuvlar ekanini bildirdi va AQSh, Rossiya va Fransiya kabi davlatlarni vaziyatga aralashishga chaqirdi.

Tog‘li-Qorabog‘ ayni paytda Bakudan mustaqillikni saqlab qolgan bo‘lsada, xalqaro miqyosda tan olinmagan.

Tog‘li-Qorabog‘ ayni paytda Bakudan mustaqillikni saqlab qolgan bo‘lsada, xalqaro miqyosda tan olinmagan.

Armanlar ko‘pchilikni tashkil qilgan Qorabog‘ mojarosi 1988 yil fevral oyida kuchayib, Ozarbayjon tarkibidan chiqishni talab qilib keladi.

1991 yilda Mustaqil Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tuzilgani e’lon qilindi va shundan keyin boshlanib ketgan qonli voqealar 1994 yilgacha davom etdi.

Hozirda Tog‘li Qorabog‘ va Ozarbayjonning yetti tumani Qorabog‘ armanlari nazoratida qolmoqda.

Ozarbayjon hukumati Qorabog‘ni kuch bilan qaytarib olishga urinishlari besamar ketgan.

Tog‘li-Qorabog‘ ayni paytda Bakudan mustaqillikni saqlab qolgan bo‘lsada, xalqaro miqyosda tan olinmagan.

1994 yilda tomonlar orasida oteshkesimga erishilgan esa-da chegaradagi harbiylar o‘rtasida to‘qnashuvlar tez-tez sodir bo‘ladi.

Otishmalarda tomonlar bir-birlarini ayblab kelishadi.

XS
SM
MD
LG