Линклар

logo-print

AQSh prezidenti Barak Obama Ukrainada yangi hukumat tashkil etilgach, Kievga 1 milliard AQSh dollari miqdorida qarz berishga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda Obama Ukraina rahbari Petro Poroshenko bilan Vashingtonda Yadroviy sammit tegrasida o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng, ma’lum qildi.

Obama va Poroshenko shuningdek, Minsk kelishimini to‘liq hayotga tatbiq etish yuzasidan harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.

Ular, AQSh va Ukraina o‘rtasida strategik hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ham muhokama etishdi.

XS
SM
MD
LG