Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 13:57

Obama yadroviy terrorizm xavfidan ogohlantirdi


AQSh prezidenti Barak Obama dunyo yetakchilarini yadroviy va kimyoviy, iflos qurollarning “Islomiy davlat” kabi ekstremist guruhlar qo‘liga tushib qolishi oldini olish uchun zaruriy xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Janob Obama bu haqda 1 aprel kuni Vashingtonda Yadroviy xavfsizlik sammitida ta’kidladi.

– Agar yadroviy qurollar bu kallavaramlarni qo‘liga tushgudek bo‘lsa, shubha yo‘qki ular undan foydalanib imkoni bor sonda odam o‘ldirishadi, -dedi Barak Obama.

Ayni sammitda ellikdan ortiq davlat rahbarlari qatnashdi.

Biroq ular orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin yo‘q edi.

Buni g‘arbliklar Ukraina sharqidagi qurolli to‘qnashuv va Qrimning anneksiya qilinishi tufayli NATO va Moskva o‘rtasidagi aloqalar sovub ketgani bilan bog‘lamoqdalar.

XS
SM
MD
LG