Линклар

logo-print

Rossiyadagi AQSh elchixonasi mulozimiga ko‘ra, 330 mingdan ziyod Rossiya fuqarosi bu yil AQShda ishlab¸ pul topish imkonini beruvchi Green Card lotereyasiga hujjat topshirgan.

Bu o‘tgan yildagidan 24 foizga, o‘n yil oldingiga qaraganda esa qariyb ikki baravarga ko‘pdir.

Har yili AQSh Rossiyaga 4 ming karta ajratadi.

Moskvadagi Levada ijtimoiy so‘rov markazi rossiyaliklarning 71 foizi AQShga nisbatan salibiy munosabatda ekani borasidagi hisobotini e’lon qilgandi.

Shunday bo‘lsa-da, AQShga ko‘chib o‘tishni xohlayotgan rossiyaliklar soni yil sayin ortmoqda.

Avvalroq, New World Wealth tashkiloti o‘tgan yilni o‘zida ikki mingdan ortiq rossiyalik millioner vatanini tark etgani haqda xabar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG