Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:03

Oksana Chusovitina Jahon kubogi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi


Oksana Chusovitina
Oksana Chusovitina

Gimnastika bo‘yicha 3 karra Jahon chempioni bo‘lgan Oksana Chusovitina Germaniyaning Kotbus shahrida bo‘layotgan xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchini g‘alaba bilan qutlagan Lola Karimova-Tillaeva Instagramdagi sahifasida uni "mamlakatimiz sharafini himoya qilib kelayotgan sportchi" deb ta’rifladi. 41 yashar Chusovitina 1992-2012 yillar oralig‘ida 6 bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan yagona gimnastikachidir.

Kotbusda bo‘layotgan musobaqalarda ishtirok etayotgan 41 yashar sportchi Oksana Chusovitina bu gal ham eng yuqori ball - 14,700 ball to‘pladi.

Uning raqibi bo‘lgan xitoylik sportchi Vu jing 14,350 ball, sloveniyalik sportchi Tyase Kisself esa 13,966 ball to‘pladi.

Oksana Chusovitina jahon sport gimnastikasi tarixida ketma-ket olti Olimpiada o‘yinlarining ishtirokchisi bo‘lgan yagona dongdor gimnastikachi sanaladi. Shuningdek, u uch bora Jahon chempioni bo‘lgan.

Asli o‘zbekistonlik gimnastikachi oilaviy sharoiti bois, 2006 yildan buyon Germaniyani namoyon etib kelayotgandi.

2013 yilda Xalqaro Gimnastika Federatsiyasi Ijroiy Qo‘mitasi Oksana Chusovitinaning qaytib O‘zbekistonni namoyon etishiga izn bergan.

Shundan beri Chusovitina Yevropadagi qator nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi.

Shu yilning yanvar oyida gimnastika bo‘yicha AQShning Hyuston shahrida o‘tgan xalqaro musobaqada oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi. Fevralda ham Bakuda o‘tadigan Jahon kubogi bosqichida ishtirok etib, oltin medal qozondi.

Kotbus shahridagi 2 aprel kungi g‘alabasi esa soprtchini O‘zbekiston prezidentining qizi Lola Karimova-Tillaeva ham o‘zining Instagram tarmog‘idagi sahifasi orqali tabrikladi va uni "mamlakatimiz sharafini himoya qilib kelayotgan sportchi" deb ta’rifladi.

Oksana Chusovitina sport gimnastikasidagi karyerasini o‘tgan asrning 90-yillari boshlarida, SSSR terma jamoasi saflarida boshlagan.
Oksana yirik xalqaro musobaqalarda qatnashayotgan payt uning bugungi raqiblari hali dunyoga kelmagan edi.

Mustaqillik yillari sport gimnastikasi bo‘yicha u O‘zbekiston terma jamoasiga murabbiylik ham qilgan.

Chusovitina 1975 yili Buxoroda tug‘ilgan, sportdagi karyerasini 1991 yili boshlagan. U 1992 yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008 yilga Pekin olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.

XS
SM
MD
LG