Линклар

O‘zbekistonda tanilgan xonanda Rayhonning o‘zbek tilini bilmasligi va buning ortidan shou-biznes yulduzlariyu amaldorlarning davlat tiliga munosabati xususida Ozodlik eshittirishlariga tinglovchilardan turli munosabatlar kelishda davom etmoqda. OzodMikrofon eshittirishga bog‘langan jizzaxlik faol tinglovchilardan biri Ochil Mirzaev o‘z ona tiliga asli bepisand bo‘lgan o‘zbekka o‘zbek tilini majburlab o‘rgata olmaysiz, degan xulosani tilga oldi.

U sobiq sovet ittifoqi davrida O‘zbekistondagi o‘zbek millatiga mansub fuqarolarga bo‘lgan munosabat bilan bugungi O‘zbekistondagi o‘zbeklarga aholining alohida qatlamida shakllangan munosabatni o‘zaro qiyosladi.

- O‘zbekchani bilmaydigan o‘zbeklar ancha kamaydi, katta shaharlarda qoldi, yaqinda ular ham tugab bitadi. O‘zbek tiliga hurmatsizlik qilganlarga xuddi ana shunday munosabat bilan javob berish kerak, - dedi jumladan Ochil Mirzaev.

Quyida u kishi bilan suhbatni tinglang:

XS
SM
MD
LG