Линклар

logo-print

Koreya Respublikasi mehnat vaziri Li Gi Kvon rahbarligidagi delegatsiya o‘tgan hafta yakunida Samarqand shahriga bordi.

Tashrif davomida delegatsiya Samarqandda Koreya moliyaviy ko‘magida barpo etilayotgan Professional ta’lim markazi qurilishini borib ko‘rdi. Mazkur markazning qurilishi o‘tgan yilning mart oyida boshlangan.

Koreya yordamida xuddi shunday markaz 2012 yilda Toshkentda ham qurilgan edi. Uchinchi markaz esa Shahrisabzda barpo etiladi.

Avvalroq Ozodlik radiosi Koreya Mehnat vaziri Toshkentda "Mehnat muhojirlarini Koreyaga qonuniy ravishda ishga jo‘natish bo‘yicha anglashuv memorandumi" muddatini 2 yilga uzaytirish shartnomasini imzolaganini xabar qilgan edi.

2007 yilda imzolangan mazkur memorandum asosida Koreyaga rasman ishlash uchun 22,5 ming o‘zbekistonlik jo‘natilgan.

XS
SM
MD
LG