Линклар

logo-print

O‘zbekistonda Ravon brendi ostida chiqarilayotgan R2 avtomat korobkali xetchbeklar hali Rossiyaga yetib kelmasdanoq sotib bo‘lindi.

Bu haqda Moskva nashrlari Rossiyadagi dilerlar tarmog‘i bergan ma’lumotlarga tayangan holda xabar tarqatdi.

Xaridorlar Rossiyaga eksport qilinuvchi R2 avtomashinalariga avvaldan pul to‘lab qo‘ygan. Avtomashinalar esa dilerlarga 10-aprel kuni yetib keladi.

”Mashinalar yetib kelishi bilan pulini to‘lab qo‘ygan odamlar ularni olib ketadi”, deb bildirgan dilerlardan biri.

Ekspertlarga ko‘ra, Ravon R2 Rossiya bozorini tark etgan Chevrolet Spark avtomashinalariga juda o‘xshash bo‘lgani uchun ham xaridorlarga ma’qul kelmoqda. Ravon R2 Rossiyadagi eng arzon avtomashina bo‘lib, u 5,5 ming dollardan sotiladi.

XS
SM
MD
LG