Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 14:26

Iroqda ID zindonidan 1,5 ming odam ozod etildi


Iroq hukumat kuchlari “Islomiy davlat” guruhi bosib olgan Hit shahri yaqinidagi zindondan 1,5 ming mahbusni ozod etganini bildirdi.

Xabarlarga qaraganda, mahbuslarning asosiy qismi tinch aholi vakillari bo‘lgan. Ayni paytda Iroq kuchlari Hit shahrini janggarilardan ozod etish amaliyotini davom ettirmoqda.

So‘nggi kunlarda Iroq harbiylari bir necha marotaba “Islomiy davlat” guruhi ustidan g‘alaba qozondi. O‘tgan yilning dekabrida Iroq armiyasi Anbar viloyatining markazi bo‘lgan Ramadi shahrini janggarilardan ozod qilgan edi.

Xabarlarda aytilishicha, Iroq kuchlari Hit shahrini ozod etganidan so‘ng, Falluja shahri uchun janglarni boshlashini e’lon qilgan.

XS
SM
MD
LG