Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:48

O‘zbekistonlik qochqin Yevropa sudi qarori bilan Rossiya qamoqxonasidan chiqarildi


Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Shahobiddin O‘rinov Yevropa sudining qarori bilan Orlov shahri hibsxonasidan ozod etildi.

Bi-Bi-Si radiosining bildirishicha, O‘rinov taqiqlangan guruhlarga a’zolik va konstitutsiyaviy tuzumga tahdid moddalari bilan ayblanib, Toshkent tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. U Rossiyada O‘zbekiston so‘rovi bilan qo‘lga olingan.

O‘rinovning O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng huquq faollari Yevropa sudiga murojaat qilganlar. Yevropa sudi O‘rinovni O‘zbekistonga topshirmaslik to‘g‘risida qaror chiqargan.

Huquq faollari O‘zbekistonda o‘zgacha fikrlovchilar diniy motivlar va sohta ayblovlar bilan qamalayotganini aytib keladilar. Ayni paytda Shahobiddin O‘rinovga qochqin maqomi berish va uni uchinchi davlatga chiqarish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.

XS
SM
MD
LG