Линклар

Suriya hukumat armiyasi Al - Qoryatayn shahrini “Islomiy davlat” guruhi janggarilaridan ozod etdi. Bu haqda yakshanba kuni ma’lum qilindi. Mazkur shahar uchun bir necha kundan beri janglar olib borilayotgan edi.

Britaniyadagi Suriya inson huquqlari observatoriyasining ma’lum qilishicha, Suriya hukumat qo‘shinlari Rossiya harbiy havo kuchlarining qo‘llab-quvvatlovida Al - Qoryatayn shahriga janub va shimoldan kirib kelgan.

Asosan nasroniylar yashovchi Al-Qoryatayn shahri “Islomiy davlat” guruhi tomonidan 2015 yilning avgustida bosib olingan edi. Mazkur shahar bir hafta oldin “Islomiy davlat”dan ozod qilingan tarixiy Palmira shahridan yuz kilometr uzoqlikda joylashgan.

XS
SM
MD
LG