Линклар

Surishtiruv jurnalistikasi xalqaro konsorsiumi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan shaxslarning pul yuvishi yuzasidan ma’lumotlarni oshkor etdi.

3 aprel kuni e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, Putinga yaqin bo‘lgan shaxslar 2 milliard dollar miqdordagi mablag‘ni offshor hududlarda noqonuniy joylashtirgan.

Hisobotda Putinga yaqin odamlar tomonidan ofshor hududlarda ro‘xatga olingan 4ta shirkat haqida gap boradi. Bu shirkatlarning pul yuvish amaliyotlari “Rossiya” banki ko‘magida amalga oshirilgani tahmin qilinmoqda.

Surishtiruv jurnalistikasi xalqaro konsorsiumi hisobotida jahon yetakchi davlatlarining amaldagi va sobiq 12 rahbari, 128 siyosatchi va 29 milliarder tomonidan amalga oshirilgan ofshorlar haqida ma’lumot berilgan.

XS
SM
MD
LG