Линклар

logo-print

Tog‘li Qorabog‘dagi separatchi qurolli kuchlar yakshanba kuni o‘tgan janglardan so‘ng Goradiz shahri yaqinidagi strategik muhim tepalik ustidan nazoratni qo‘lga kiritgani ma’lum qilindi. Mazkur tepalik Ozarbayjon kuchlari nazoratida edi.

Ozarbayjon 3 aprel kuni Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar harakatlarni bir tomonlama to‘xtatishini bildirgan. Ammo Armaniston bu bayonotni “chalg‘itish”, deb baholagan.

Tog‘li Qorabog‘da 2 aprel kuni boshlangan Armaniston va Ozarbayjon harbiy to‘qnashuvida shu kungacha 30 odam halok bo‘lgani aytilmoqda. Ulardan 12 nafari Ozarbayjon, 18 nafari Armaniston harbiysidir.

Sho‘rolar davrida Ozarbayjon tarkibida bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ muxtoriyati 1991 yildan beri Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi bahsli hudud bo‘lib keladi. 1991-1994 yillarda Tog‘li Qorabog‘ uchun Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida urush bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG