Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:15

Huquq faoli Tixonov Germaniyadan boshpana so‘radi


O‘zbekistonni joriy yil fevralida tark etgan angrenlik huquq himoyachisi Dmitriy Tixonov Germaniyada siyosiy boshpana so‘radi.

Huquq faoli yakshanba kuni Berlinga uchib kelgan va inson huquqlari bo‘yicha anjumanda qatnashish uchun Shvetsiyaga ketgan.

Tixonov Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonni tark etishiga o‘ziga nisbatan militsiya xodimlari tarafidan ta’qiblarning kuchaygani sabab bo‘lganini bildirgan.

Dmitriy unga nisbatan tazyiqning kuchaygani sababini o‘tgan yilgi paxta mavsumida angrenlik minglab ishchi xizmatchilarning majburiy tarzda paxta terimiga jalb qilinayotganini monitoring qilgani bilan bog‘laydi.

Huquq faoli so‘nggi yillarda Angren shahri va Toshkent viloyatida mustaqil ravishda inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanib kelgan.

Dmitriy Tixonov 2015 yilgi paxta mavsumida hukumat odamlarni majburan dalaga chiqarayotgani holatlarini yoritgani ortidan ma’muriy huquqbuzarlikda ayblanib, sudga tortilgan edi. O‘shanda noma’lum vaziyatlarda faolning Angrendagi uyi yonib ketgan edi.

XS
SM
MD
LG