Линклар

27 mart kuni Rossiyaning Bryansk viloyatida xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Maysara Davlatova qo‘lga olindi.

CA-NEWS xabariga ko‘ra, Surxondaryo Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tovlamachilik aybi bilan xalqaro qidiruvga berilgan Maysara Davlatova Rossiyaga kirish payti chegarada ushlangan.

Davlatova 2014 yilning iyulida o‘zi egasi bo‘lmagan uyni tovlamachilik yo‘li bilan 93 million so‘m (qora bozor kursida 14,3 ming AQSh dollari)ga pullagan va pulni olib yashiringanlikda ayblanmoqda.

Rossiya tomoni Maysara Davlatovani yaqin kunlar ichida O‘zbekistonga topshirishi kutilayapti.

XS
SM
MD
LG