Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:32

Bosh vazir o‘rinbosari faqat ayollar cho‘miladigan hovuz lozimligini aytdi


Buxorodagi akvapark
Buxorodagi akvapark

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi o‘zining o‘tgan hafta so‘ngidagi yig‘ilishida mamlakatdagi cho‘milish havzalari va basseynlarning yoz mavsumiga tayyorligi masalasini muhokama qildi. Muxokamada ayollar uchun alohida cho‘milish hovuzlari tashkil etish masalasiga e’tibor qaratildi.

Xotin qizlar qo‘mitasidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ “Ota-onalardan tushgan qator shikoyat va talabnomalarda xotin-qizlar bilan erkaklarning birgalikda basseynda cho‘milishiga e’tiroz bildirilgan. Ayollar uchun alohida basseynlar tashkil qilinsin deya talab qilingan”

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova ayni majlisda so‘zga chiqib “Ayollar uchun alohida cho‘milish hovuzlari yaratish davr talabi ekanligini” ta’kidlagan.

Manbaning aytishicha¸ xotin-qizlar qo‘mitasidagi yig‘ilishda “Xalqimiz ma’naviyati va urf –odatlaridan kelib chiqqan xolda cho‘milish havzalarini ayollar uchun alohida qilish taklif sifatida bildirilgan”

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ ayni majlisda cho‘milish havzalarining sanitariya-gigiena qoidalariga muvofiqligi masalasi ham ko‘rib chiqilgan.

Xotin-qizlar qo‘mitasidagi muhokamadan so‘ng “Oila davrasida” gazetasi aëllar basseyni qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi maqolani chop qilgan.

Shu paytgacha O‘zbekistondagi cho‘milish havzalari genderlik alomatiga ko‘ra ajratilmagan.

O‘tgan yili Moskvadagi “Atlant” sport majmuasida musulmon ayollar uchun alohida hovuz tashkil qilingan edi.

Bundan oldin Tojikistondagi Akva-parkda ayollar uchun alohida cho‘milish kunlari belgilab qo‘yilgan edi.

Yalang‘ochdagi basseynda erkagu-aël birga cho‘milishda davom etadi

Toshkentning Yalang‘och mavzeidagi “Umid “ sport sog‘lomlishtirish majmuasidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ “basseynlarni aëllar uchun alohida qilish bu yilgi rejaga kiritilmagan”

Suhbatdoshga ko‘ra¸ “shu paytgacha majmua tarkibidagi hovuzlarda erkagu aëlning birgalikda cho‘milishi muammo tug‘dirmagan”

Manbaning ta’kidicha¸ basseynlarni erkak va aëllar uchun ajratish bo‘yicha farmoyish kelmagan:

“Bundan buën ham ayni tartib (Aël va erkakning birga cho‘milishi -tahr.) davom etadi. Kiyinish xonalari¸ dush va hojatxonalar ayrim¸ lekin cho‘milish basseyni umumiy. Bu tartibni o‘zgartirish bo‘yicha farmoyish kelmadi” dedi manba.

Ozodlik suhbatlashgan farg‘onalik blogger Shukurjon Islomov aëllar uchun alohida basseynlar tashkil qilnishi lozim deb biladi:

"Men ayollar cho‘miladigan joylar erkaklarning mutlaqo ko‘zi tushmaydigan bo‘lishi tarafdoriman"¸ dedi farg‘onalik blogger.

Aëllar g‘amini eydigan mulozim

Aëllar uchun alohida hovuzlar bo‘lishini taklif qilgan O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Elmira Bositxonova bundan oldin ayrim xonandalarning "milliylikka yot" kiyinish uslubi hamda "behayo va beandisha" kliplarini tanqid qilib matbuot nazariga tushgan edi.

"O‘zbekiston - Robinzon yashaydigan orol emas, agar kimki, bugun demokratiya, istaganimni qilaman, deb o‘ylasa, xalq, jamiyat fikri bilan hisoblashmasa, qattiq adashadi", - degan edi Bositxonova xonim o‘tgan yili " Toshkentda o‘tgan madaniyat va san’at arboblari bilan uchrashuv chog‘ida.

XS
SM
MD
LG