Линклар

Boshqirdistonning Ufimsk tumanida poraxo‘rlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik soliq inspektsiyasi xodimi 36 yashar Qahramon Tursunov qo‘lga olindi.

Tursunov O‘zbekistonda 2012 yilda soliq inspeksiyasida ishlagan payti xizmat vakolatini suiiste’mol qilish va pora olish jinoyatini sodir etgani aytilayapti.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha paytda ishchilariga oylik bermagan va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagan tijorat firmasini tekshirish vazifasi Tursunovga topshirilgan. Tursunov esa ishni yopti-yopti qilish evaziga firma egasidan savdo do‘konlaridan birini xotini nomiga rasmiylashtirishni talab qilgan.

Bu holat organ xodimlariga ma’lum bo‘lgach, Tursunov Rossiyaga qochib ketgan.

XS
SM
MD
LG