Линклар

logo-print

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlarda kamida 33 odam halok bo‘ldi, 200dan ziyod kishi jarohatlandi. TASS agentligi ma’ulmotiga ko‘ra, bu haqda BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha boshqarmasi hisobotida aytilgan.

Hisobotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 30 nafari harbiylar va uch nafari tinch aholi vakillaridir. O‘lganlar haqida rasmiy ma’lumot hozircha e’lon qilinganicha yo‘q.

Avvalroq Boku to‘qnashuvlarda 12 harbiy o‘lganini aytgan. Yerevan esa ushbu to‘qnashuvda 18 harbiy halok bo‘lganini bildirgan.

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar shanba kuni tunda boshlandi. 3 aprel kuni Ozorbayjon Qorabog‘dagi harbiy harakatlarini bir tomonlama tartibda to‘xtatganini ma’lum qildi. Armaniston buni “axborot tuzog‘i” sifatida baholadi.

Tomonlar bir-birini yarashuv bitimini buzganlik va o‘t ochishni davom etttirganlikda ayblamoqda. Ayni paytda mintaqada vaziyat tarangligicha qolmoqda, deya xabar beradi tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi Ichki ishlar vazirligi.

Sho‘rolar davrida Ozarbayjon tarkibida bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ muxtoriyati 1991 yildan beri Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi bahsli hudud bo‘lib keladi. 1991-1994 yillarda Tog‘li Qorabog‘ uchun Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida urush bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG