Линклар

logo-print

Bugun Gretsiya Yevropa Ittifoqi rejasiga muvofiq muhojirlarni Turkiyaga deport qilishni boshladi.

Ushbu tadbir orqali Yevropadagi muxojirlar oqimini kamaytirish ko‘zlangan.

4 aprel kuni Lesbos orolchasidan muhojirlar ortilgan ikkita turk yo‘lovchi kateri Turkiyaga yo‘l oldi.

Muhojirlarni chegara xizmati xodimlari kuzatib borgan.


Ma’lumotlarga ko‘ra, 202 qochqin-muhojir Gretsiyaning Lesbos va Xios orolchalaridan Turkiyaning Izmir viloyatidagi Dikili shahriga yetib kelgan.

Shu yo‘l orqali Turkiya orqali Yevropaga noqonuniy ravishda borgan muhojirlarni ortga qaytarish tadbiri amalga oshirila boshlandi.

Asosan Pokiston va Bangladeshdan bo‘lgan muhojirlar Turkiyaning g‘arbiy qismiga tashilmoqda. Turkiya hukumati yana 500 nafar muhojirni qabul qilishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG