Линклар

Qirg‘iziston Issiqko‘l bo‘yidagi O‘zbekistonga tegishli to‘rtta pansionatni qaytarib olayapti.

Qirg‘iiston hukumatining matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 4 aprel kuni Bosh vazir Temir Sariev Issiqko‘ldagi O‘zbekistonga ijaraga berilgan “Rohat”, Dilorom”, “Oltin qum” va “Bo‘ston” pansionatlarini Qirg‘izistonga qaytarib olish haqidagi qarorni imzolagan.

O‘zbekiston ushbu pansionatlarni 2010 yili ijaraga olgan edi.

Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston harbiylarining o‘zbek-qirg‘iz chegarasida mart oyi so‘nggidagi harakatlari bois ushbu pansionatlarni qaytarib olayotgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG