Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:13

OzodlikOnline: Hukumatga chaquvchilik qilasizmi?


Toshkent metrosi poezdlariga chiqqan yo‘lovchilar ana shunday da’vatdan "bahramand bo‘lmoqda".
Toshkent metrosi poezdlariga chiqqan yo‘lovchilar ana shunday da’vatdan "bahramand bo‘lmoqda".

Toshkent metrosi va marshrut taksilarida odamlarni “davlat siyosatiga qarshi gapirayotganlar”ni ko‘rsa¸ zudlik bilan kuchishlatar tizimlariga xabar berishga undovchi plakatlar paydo bo‘ldi. Tinchlik va xavfsizlikni saqlash iddaosi bilan rag‘batlantirilaëtgan bunday da’vatga amal qilib¸ hukumat siyosatidan norozilarni militsiya va MXXga chaqib berasizmi? Seshanba kungi jonli suhbatda shu haqda gaplashamiz.

Aprel oyidan Toshkent metropoliteni va marshrut taksilarida yo‘lovchilarni “ogohlikka undovchi” yangi mazmundagi plakatlar paydo bo‘ldi. Avvallari aytib kelingan “shubhali buyumlarni ko‘rganingizda¸ metropoliten xodimlariga xabar qiling” da’vati yoniga endi¸ “davlat siyosatiga qarshi gapirayotgan odamlarni ko‘rsangiz¸ militsiya ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling”¸ degan chaqiriq qo‘shildi.

O‘zbeklarni ëppasiga chaqimchiga aylantirish operatsiyasiga qo‘shilaëtgan ko‘ngillilar ham serob.
O‘zbeklarni ëppasiga chaqimchiga aylantirish operatsiyasiga qo‘shilaëtgan ko‘ngillilar ham serob.

Jamoat transporti salonida¸ oraliq va oxirgi bekatlarda¸ aholi gavjum bo‘lgan va ko‘p to‘planadigan joylarda odamlar tomonidan davlatimiz siyosatiga qarshi so‘zlar¸ terrorristik va qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etish niyatida yurgan shaxslar to‘g‘risidagi gaplar va boshqa g‘arazli tashviqotlar yuritilganda¸ qoldirib ketilgan shubhali buyumlar aniqlanganda va shunga gumon qilinganda bu haqda zudlik bilan quyidagi ishonch telefonlariga xabar qilishingizni so‘raymiz”¸ deyiladi yangi e’lonlarda. E’lon so‘ngiga Toshkent shahar militsiyasining ishonch telefonlari yozilgan va varaqa “Ogohlik davr talabi!”degan shior bilan tugagan.

Toshkentlik mustaqil jurnalist Aleksey Volosevich 1 aprel kuni o‘zi guvoh bo‘lgan bunday plakatlar mazmunini aholini ogohlik emas¸ chaqimchilikka da’vat qilish deb baholadi.

“O‘zbekiston qonunchiligida kafolatlangan so‘z erkinligi O‘zbekistonda terror harakatiga tenglashtirildi. Toshkent metrosiga osilgan yangi plakatlar shundan dalolatdir. Bundan avvalgi abstrakt ogohlikka da’vat qiluvchi plakatlardan farqli yangilarida fuqarolar ochiqdan-ochiq chaqimchilikka taklif qilinmoqda”¸ deydi toshkentlik mustaqil jurnalist.

O‘tgan yil oxirida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilarga avtotransport vositasida shubhali shaxs yoki shubhali buyum borligi ayon bo‘lsa¸ zudlik bilan salondan yo‘lovchilarni tushirib, militsiya organlariga xabar berish lozimligini uqtirish boshlangan edi.

Odamlarni ochiqdan-ochiq o‘z yonidagilarni chaqib berishga qilinaëtgan bunday da’vatga munosabatingiz qanday?

Chaqimchilik bugungi o‘zbek jamiyatida oddiy normaga aylandimiki endi hukumat uni bemalol targ‘ib qilishga o‘tdi?

“Davlatimiz siyosatiga qarshi gapirayotganlar” deganda hokimiyat nimani nazarda tutmoqdayu¸ siz nimani davlat siyosatiga qarshi deb bilasiz?

Ertaga qo‘shnisi¸ hamkasbi¸ tanishi yoki umuman tanimagan odami gaz yo‘q¸ svet yo‘q¸ bu qanday haët bo‘ldi o‘zi¸ deb gap boshlasa¸ uni militsiyaga chaqib beruvchilar armiyasi paydo bo‘lmasligiga ishonasizmi?

Siz qaysi vaziyat va qaysi ehtiyojda chaqimchilik qilgansiz yoki qilishingiz mumkin?

Odamlarni bir-biriga ishonchsiz holga solish¸ hammani bir-birida¸ hatto o‘z yaqinlaridan qo‘rqib yashashga etaklash bugun O‘zbekistonda davlatning izchil siësatiga aylandi deyish mumkinmi?

5 aprel¸ seshanba kuni Toshkent vaqti bilan oqshomgi soat 7 dan 8 ga qadar bo‘ladigan jonli suhbatda shu haqda gaplashamiz.

O‘zbekiston tashqarisidagilar bu suhbatga OzodSkype, OzodlikOnline va OzodOvoz Skype manzillari orqali¸ O‘zbekiston ichkarisidagilar esa efir paytida WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420 724 971 539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG