Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:26

Minsk guruhi Venada Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qiladi


Tog‘li Qorabog‘ hududida vaziyat keskinlashgani tufayli seshanba kuni Venada tarkibiga AQSh, Rossiya va Fransiya vakillari kirgan YeXHT Minsk guruhi hamraislarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

4 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu masalani AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan telefon orqali muhokama qilgan. Ikki mamlakat bosh diplomati Tog‘li Qorabog‘da qayta boshlangan to‘qnashuvlar yuzasidan “jiddiy xavotir” izhor qilganlar. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Lavrov va Kerri jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish zarurligini urg‘ulaganlar.

Tog‘li Qorabog‘da vaziyat 2 aprelga o‘tar kechasi keskin yomonlashgan. Tomonlar bir-birlarini otashkesim shartini buzganlikda ayblamoqda. To‘qnashuv chog‘ida ikkala tarafdan 30 dan ziyod odam o‘lgani, 200 dan ko‘proq kishi yaralangani haqida ma’lumotlar bor.

XS
SM
MD
LG