Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:40

Moskvada Putin impichmenti talabi bilan piketlar o‘tmoqda


Rossiya prezidentining offshor shirkatlari bilan aloqadorligiga oid jurnalistik tekshiruv yoyinlanishi qabatida Moskvaning Manej maydonida faollar Vladimir Putinga impichment talabi bilan yakka piketlar o‘tkazmoqdalar. Bu haqda muxolifatchi Nikolay Lyaskin Tvitterdagi o‘z sahifasi orqali xabar tarqatdi.

3 aprel kuni Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani yoritish loyihasi (OCCRP), Jurnalistik surishtiruvlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ), WikiLeaks va jahon ommaviy axborot vositalari saytlari dunyodagi bir qancha mamlakatlarda hokimiyatning yuqori eshelonlaridagi korrupsiyaga bag‘ishlangan material yoyinlagan.

Jurnalistik surishtiruvning katta qismi Rossiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Putinga yaqin odamlar “Rossiya” banki va Panama offshor shirkatlari orqali 2 milliard dollardan ko‘proq “pul yuvgani” iddao qilinadi.

Kreml chop qilingan hujjatlarni “quruq taxmin va chayqov ustiga qurilgan”ini aytib, ularda yangi ma’lumot yo‘qligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG