Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:10

Savchenko yana ochlik aksiyasi boshlamoqchi


Rossiyada 22 yilga ozodlikdan mahrum qilingan ukrain uchuvchisi Nadejda Savchenko 6 apreldan e’tiboran quruq ochlik aksiyasini boshlaydi. Bu haqda Savchenkoning advokati Nikolay Polozov Tvitter mikroblogidagi o‘z sahifasi orqali ma’lum qildi.

Polozovga ko‘ra, Savchenko zudlik bilan Ukrainaga qaytarilishini talab qilmoqda. Avvalroq advokat Polozov uchuvchi ayolning sog‘lig‘i barqaror ekani, u faqat suv ichayotganini ma’lum qilgan.

Ukraina sharqida 2014 yili rossiyalik ikki jurnalistning o‘limiga aloqadorlikda ayblangan Nadejda Savchenko shu yilning 22 mart kuni uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingandi. Hukm 5 apreldan kuchga kirgan.

Savchenko o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovni inkor qilgan hamda o‘zining hibs etilishi va sudlanishiga norozilik ifodasi o‘laroq bir necha marta ochlik e’lon qilgan.

Uchuvchining advokatlari oldinroq Savchenko o‘ziga nisbatan jinoyat ishining qonuniy ekanini tan olmagani uchun sud hukmi ustidan shikoyat arizasi yozmasligini bildirgandilar.

Savchenko 2014 yil iyunida Ukraina sharqida ayirmachilarga qarshi ko‘ngillilar batalyonida jang qilayotgan paytda qo‘lga olingani va Rossiyaga noqonuniy ravishda olib kelinganini aytib keladi. Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Kiev Savchenkoni rossiyalik mahbuslarga almashishga tayyorligini bildirgan, biroq Kremlь uchuvchi ayol qamoq muddatini Rossiyada o‘tashini ta’kidlamoqda.

XS
SM
MD
LG