Линклар

logo-print

Suriyaning Idlib viloyatida amalga oshirilgan havo hujumida “Jabhatan-Nusra” voizi va kamida 20 jangari o‘ldirildi. Bu haqda Reuters agentligi Suriya inson huquqlari observatoriyasi ma’lumotiga tayangan holda xabar tarqatdi.

“Suriyalik” laqabi bilan tanilgan Abu Firos Idlib viloyatining shimoliy-g‘arbidagi qishloqlardan birida Suriya harbiy-havo kuchlari yoki rus uchoqlari bergan havo zarbasi natijasida o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, “Jabhatan-Nusra” voizi bilan birgalikda uning o‘g‘li hamda o‘zbekistonlik jangarilar o‘lgan.

Reuters agentligining qayd etishicha, Abu Firos “Jabhatan-Nusra” nomidan muntazam ravishda bayonotlar berib kelgan. O‘tgan asrning 80-yillarida u afg‘on mujohidlari tomonida turib jang qilgan, Al-Qoida yetakchisi Usoma bin Ladinning safdoshi bo‘lgan.

Suriyada AQSh va Rossiya vositachiligida erishilgan otashkesim qarori shu yil 27 fevralidan kuchga kirgan. Ammo bu sulh “Islomiy davlat”, “Jabhatan-Nusra” va boshqa ekstremistik guruhlarga tegishli emas.

XS
SM
MD
LG