Линклар

logo-print

O‘zbekistonlik sportchilar Rio de Janeyroda bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlariga 60ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston sport jamoasi hozirgacha boks bo‘yicha 11ta, yengil atletika bo‘yicha 8ta, eshkak eshish bo‘yicha 5ta, og‘ir atletika bo‘yicha 3ta, suzish 2ta, taekvando bo‘yicha -1ta litsenziyaga ega bo‘ldi.

Shuningdek, paralimpiada o‘yinlariga 25 nafar o‘zbek sportchisi yo‘llanmani oldi.

Bu yilgi Olimpiada o‘yinlari Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

Braziliyadagi yozgi Olimpiada o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan sportchilarga o‘zbek hukumati 50-60 mln so‘mdan mukofot va’da qilgan.

Bundan tashqari Olimpiadada oltin, kumush va bronza medallar uchun alohida mukofotlar beriladi.

XS
SM
MD
LG