Линклар

logo-print

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi so‘nggi ikki kun ichida Tog‘li Qorabog‘da 16 harbiysi halok bo‘lganini bildirdi. Vazirlikka ko‘ra, 5 aprelga o‘tar kechasi o‘tkazilgan harbiy amaliyotlar payti 70dan ortiq arman harbiysi o‘ldirilgan, 20dan ziyod harbiy texnikasi yakson etilgan. O‘z navbatida Armaniston tomoni Tog‘li Qorabog‘da qurolli mojaro boshlangan 2 apreldan buyon 20 askari nobud bo‘lgani, 70 nafari yaralanganini aytmoqda. Armaniston Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjonning ikkita vertolyoti, 20ta tanki va 6ta dron uchog‘i yakson etilgan.

Armaniston va Ozarbayjon hozirda bir-birlarini otashkesim shartlarini buzganlikda ayblamoqda.

Rasmiy Yerevan Tog‘li Qorabog‘dagi 2 aprel kungi to‘qnashuvlar 1994 yilda tomonlar o‘rtasida sulh bitimiga erilishlganidan buyongi eng qaqshatgich to‘qnashuvlar ekanini bildirgan va AQSh, Rossiya va Fransiya kabi davlatlarni vaziyatga aralashishga chaqirgan edi.

Tog‘li-Qorabog‘ ayni paytda Bakudan mustaqillikni saqlab qolgan bo‘lsada, xalqaro miqyosda tan olinmagan.

Armanlar ko‘pchilikni tashkil qilgan Qorabog‘ mojarosi 1988 yil fevral oyida kuchayib, Ozarbayjon tarkibidan chiqishni talab qilib keladi.

1991 yilda Mustaqil Tog‘li Qorabog‘ respublikasi tuzilgani e’lon qilindi va shundan keyin boshlanib ketgan qonli voqealar 1994 yilgacha davom etdi.

Hozirda Tog‘li Qorabog‘ va Ozarbayjonning etti tumani Qorabog‘ armanlari nazoratida qolmoqda.

XS
SM
MD
LG