Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:50

Tojikistonda 6 nafar imom ekstremizmda gumonlanib hibga olindi


Tojikistonda olti nafar imom noqonuniy diniy ekstremist guruhlarga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingan.

Tojikiston shimolidagi So‘g‘d viloyati prokurori imomlar o‘tgan oy qamoqqa olingani haqda 5 aprel kuni Ozodlikka bildirdi.

Lekin, ekstremizmda gumonlanayotgan imomlarning ismi va ularning qaysi ekstremist guruhlarga mansubligi aytilmayapti.

Aybli deb topilgani taqdirda imomlar besh yilchaga bo‘lgan muddatga ozodlikdan maxrum etilishi mumkin.

O‘tgan yil boshidan buyon Tojikistonda "O‘zbekiston Islomiy harakati"ga aloqador "Jammat Ansaruloh" islomiy guruhiga aloqadorlikda ayblanib o‘nlab odam hibsga olingan edi.

Tojik rasmiylariga ko‘ra, hozirda mingdan ortiq Tojikiston fuqaroci "Islomiy Davlat" ekstremist guruhi saflarida Suriyada jang qilmoqda.

XS
SM
MD
LG