Линклар

Surxandaryo viloyatining Denov tumanida bir kun ichida quturgan it 7 odamni tishlab olgan.

5 aprel kuni o‘zbek mahalliy matbuoti tarqatgan xabarga qaraganda, voqea 25 mart kuni yuz bergan, biroq bu haqda faqat chorshanba kuni jamoatchilikka bildirilgan.

It tishlagan shaxslarga birinchi tez yordam ko‘rsatilib, bugungi kunda ular quturishga qarshi vaktsinatsiyadan o‘tmoqda.

Xabarda aytilishicha, Surxandaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng daydi itlarni tutish va yo‘q qilish tadbirlari kuchaytirilgan.

XS
SM
MD
LG