Линклар

logo-print

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 aprel kuni O‘zbekistonning 865 million dollar qarzidan kechilishini anglatuvchi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Rossiya Davlat Dumasi O‘zbekiston hukumati bilan o‘zaro moliyaviy talablar va majburiyatlarni muvofiqlashtirishga oid kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini 27 mart kuni qabul qilgan edi.

Mazkur kelishuv 2014 yilning 10 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga safari chog‘ida imzolangan.

Kreml O‘zbekiston Rossiyadan jami 889 million 300 ming dollar miqdorida qarzdor ekanini aytib kelardi. Biroq, O‘zbekiston bu qarzning faqat 43 million 100 ming dollarini tan olgan va Moskva sobiq SSSR Olmos fondi orqali O‘zbekistondan kamida 1 milliard dollar qarzdor, deb da’vo qilgan.

Putinning Toshkentga tashrifi davomida o‘tkazilgan muzokaralarda tomonlar o‘z iddaolaridan voz kechishga kelishib olgan edi. Kelishuv shartlariga ko‘ra, O‘zbekiston Moskvaga bo‘lgan 25 million dollar qarzini Duma O‘zbekiston qarzlaridan voz kechish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilganidan so‘ng 30 kun ichida to‘lashi shart.

XS
SM
MD
LG