Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:25

O‘zbekistonda bang moddalari ro‘yxati kengaytirildi


O‘zbekistonda taqiqlangan giyohvand va psixotrop moddalar ro‘yxati yangilandi.

Norma nashrining bildirishicha, Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish Davlat komissiyasi qarori bilan mamlakatda 289 nomdagi giyohvand moddalar taqiqlandi. Avvalgi ro‘yxatda 220 nomdagi giyohvand moddalar qayd etilgan edi. Ayni paytda O‘zbekistonda aylanmasi cheklangan 81 nomdagi psixotrop moddalar ryxati ham tuzib chiqildi.

Qarorda, shuningdek, jinoiy va ma’muriy jazo berilishi mumkin bo‘lgan narkotik miqdori ham belgilab berilgan. Masalan, 0,01 gramm morfin uchun jinoiy javobgarlik, bu miqdordan oz bo‘lgan morfin uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan.

XS
SM
MD
LG