Линклар

Shvetsiya hukumati rivojlanayotgan davlatlarga ko‘mak tarzida ajratilgan mablag‘ni BMT Xavfsizlik kengashidagi ovozlarga erishish maqsadida xorij diplomatlariga bilvosita pora berishga sarflagan.

Bu haqda Shvetsiyadagi Dagens Nyheter gazetasi xabar tarqatdi. Gazeta o‘tkazgan surishtiruv natijalariga qaraganda, o‘tgan yilning avgustida dunyodagi 27 davlatning BMTdagi elchilari Shvetsiyaga bekorga kelib, iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan uch soatlik xalqaro anjumanda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Xorij diplomatlarining yo‘l haqiga 140 ming dollar mablag‘ sarflangan. Bundan tashqari diplomatlar eng qimmat mehmonxonaga joylashtirilgan va kuniga uch marotaba issiq ovqat bilan ta’minlangan. Diplomatlarga sarflangan mablag‘lar esa rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish jamg‘armasi byudjetidan olingan.

Shvetsiya BMT Xavfsizlik kengashidan o‘rin olishga harakat qilib kelmoqda. Shu yilning iyunida o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida bu o‘rin uchun ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.

XS
SM
MD
LG