Линклар

logo-print

Rossiyaning Voronej shahrida giyohvand moddalarni sotishda ayblangan 24 yoshli o‘zbekistonlik va 23 yoshli qirg‘izistonlik jami 26 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Tergov hujjatlarida aytilishicha, 2014 yilda Voronejga kelgan bu ikki yigit shaharda geroin sotish tarmog‘ini shakllantirgan. Ular o‘sha yilning noyabrida qo‘lga olingan. Bangfurushlar ijaraga olgan uydan politsiya 1 kilo geroin topgan.

Tergov jarayonida qo‘lga olinganlardan biri geroin yashirilgan joylarni ko‘rsatib bergan. Yashirin joylardan va Otroje o‘rmonidan yana 1,5 kilo geroin topilgan.

Sud hukumi bilan o‘zbekistonlik 12 yilga, qirg‘izistonlik esa 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

XS
SM
MD
LG