Линклар

Islandiya bosh vaziri Sigmundur David Gunnlyoygsson xalqaro darajadagi ofshor janjali ortidan iste’foga chiqishini bildirdi.

Dushanba kuni bosh vazir korruptsiyaga aralashganiga norozilik bildirgan minglab islandiyaliklar poytaxt Reykyavikda norozilik namoyishi o‘tkazgan edi.

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif esa o‘z oilasi ofshorlarga noqonuniy sarmoyalarni yotqizishda ishitrok etgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish maqsadida mustaqil tergov guruhi tashkil etishini ma’lum qildi. Ayni paytda bosh vazirning o‘g‘li Husayn Navoz haqiqatan ham ofshor hududlarda katta boyligi borligini tan oldi.

Surishtiruv jurnalistikasi xalqaro konsortsiumi 3 aprel kuni e’lon qilingan hisobotida jahon yetakchi davlatlarining amaldagi va sobiq 12 rahbari, 128 siyosatchi va 29 milliarder tomonidan amalga oshirilgan ofshorlar haqida ma’lumot bergan.

Fosh bo‘lganlar orasida Rossiya¸ Qozog‘iston¸ Ozarbayjon va Ukraina prezidentlari, Saudiya qiroli Salmon va futbol yulduzi Leo Messi ham bor.

XS
SM
MD
LG