Линклар

logo-print

Qirg‘izistonning Olabuqa tumani hokimi O‘zbekiston bahsli hududda yo‘l qurayotgani to‘g‘risidagi gaplarni rad etdi.

Azattiq radiosining xabar qilishicha, tuman hokimi Sonunbek Akparaliev tumandagi Arab qishlog‘i tomon O‘zbekiston yo‘l qurmoqda, degan ma’lumotni rad etgan.

Xuddi shunday bayonotni Qirg‘iz Respublikasi Chegara xizmati matbuot xizmati ham yoyinlagani to‘g‘risida ca.news.org agentligi xabar qildi.

Oldinroq Olabuqa tumanidagi Ko‘ktosh qishloq hukumatiga qarashli Arab qishlog‘iga yaqin bahsli hududda O‘zbekiston avtomobilь yo‘li qurayotgani to‘g‘risida mahalliy kengash deputatlari Azattiq radiosiga xabar qilgan edi.

Ko‘ktosh qishlog‘idan 18 kilometr masofada joylashgan Arab qishlog‘ida 150 ga yaqin uy-joy xo‘jaligi bor. Mazkur hududda Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasida bahsli bo‘lib turgan 19 ming gektardan ortiq er borligi to‘g‘risida Azattiq radiosi xabar qildi.

XS
SM
MD
LG