Линклар

Qozog‘istonda ozodlikdan mahrum qilingan o‘zbekistonliklar o‘z vatanlariga o‘tkazishlarini so‘rab keladi, Qozog‘iston Bosh prokuraturasi bu haqda o‘zbekistonlik hamkasblariga murojaat xatlari yozadi, lekin bironta ham ijobiy javob olingan emas.

Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Aytilishicha, shu kunda Qozog‘istonda 1500 nafardan ziyod chet ellik jazo o‘tamoqda. Ularning 643 nafari o‘zbekistonlik, 320 nafari qirg‘izistonlikdir.

“Bu mamlakatlar fuqarolaridan ularni o‘z mamlakatlariga o‘tkazish haqida ko‘plab ariza kelib tushadi. Lekin afsuski, bu bizgagina bog‘liq emas. Birinchi navbatda qabul qiluvchi tomonga bog‘liq. Ozodlikdan mahrum qilingan chet elliklarning arizalari yuzasidan horijdagi hamkasblarimizga murojaat qilamiz. Lekin ijobiy javob olmayapmiz”, degan Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori birinchi o‘rinbosari Iogan Merkel.

Uning aytishicha, keyingi yillarda O‘zbekiston Qozog‘iston qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 643 fuqarosidan birontasini ham qabul qilib olmagan. Ayni paytda Qirg‘iziston Qozog‘iston qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 320 fuqarosidan 26 nafarini qabul qilgan.

Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokurori birinchi o‘rinbosari Iogan Merkelga ko‘ra, fuqarolarini qaytarib olish taklifi bitilgan xatlarga ijobiy javob odatda Rossiya, Qirg‘iziston, Belarus va Ukrainadan keladi.

XS
SM
MD
LG