Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:22

Tog‘li Qorabog‘da seshanbadan buyon o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilmoqda


Ozarbayjonning Armaniston bilan qurolli to‘qnashuviga oid so‘nggi xabarda aytilishicha, Ozarbayjon mudofaa vazirligi Tog‘li Qorabog‘da jangovar harakatlarni to‘xtatib turajagi to‘g‘risida bayonot bergan. Tomonlar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.

Bu haqdagi ma’lumotni zzini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ mudofaa vazirligi tasdiqladi.

Oldinroq Armaniston prezidenti Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olishga tayyor ekanligi to‘g‘risida bayonot bergan edi. Ozarbayjon tomoni esa, bosib olingan barcha hududlardan Armaniston qo‘shini chiqib ketgan taqdirdagina o‘t ochishni to‘xtatajagi to‘g‘risida bayonot bergan edi.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat 2 aprelga o‘tar kechasi keskin taranglashib ketdi. BMTning dushanba kungi xabariga qaraganda, 30 dan ziyod kishi qurolli to‘qnashuv qurboni bo‘ldi, 200 dan ortiq odam yaralandi.

XS
SM
MD
LG