Линклар

Toshkentdagi “Fotografiya uyi” ko‘rgazmalar zalida o‘zbekistonlik taniqli karikaturachilar ko‘rgazmasi ochildi. "Tabassum", deb nomlangan ko‘rgazmadan uzoq yillar “Mushtum” jurnalida ishlagan va dunëning eng zo‘r 100 karikaturachisi ro‘yxatiga kirgan rassom Husan Sodiqov, shuningdek, Mahmud Eshonqulov, Radik Azizov, Shavkat Muzaffar, Mirsaid G‘oziev va boshqa satirik rassomlar asarlari o‘rin oldi.

Ko‘rgazma tashkilotchilaridan biri Fathilla Almetovning Ozodlikka aytishicha¸ ko‘rgazmada 200 dan ortiq asar namoyish qilinmoqda:

- Ularning asosiy qismi - karikatura janridagi o‘tkir satirik mazmundagi asarlar. Bu rasmlarda kundalik hayotimizdagi illatlar hajv tig‘iga olingan. Masalan, bitta rasmda bo‘rining qo‘ylarga cho‘ponlik qilaëtgani aks etgan. Bu juda dolzarb tema. Bilsangiz, Toshkent viloyatining sobiq hokimi shu kunlarda matbuotda tanqid qilinyapti. Menimcha, bu rasm prototipi aynan shu qabildagi hokimlardir¸ deydi ko‘rgazma tashkilotchisi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ ko‘rgazmada miniatyura ustalari Bahodir Xojimatov va Mariya Korovinalar va yumoristik mazmundagi sopol haykalchalar yasaydigan Erkin Abdukarimxo‘jaev¸ Nodirbek Shahobiddinovlar asarlari ham o‘rin olgan.

Ko‘rgazma tashkilotchisining aytishicha, tadbir tomoshabinlar bilan gavjum:

- Zamonaviy san’at ko‘rgazmasiga odam kam keladi odatda. Lekin satirik asarlar ko‘rgazmasi tomoshabinlar bilan to‘la. Odamlar zavq bilan¸ yuzida kulgi bilan tomosha qilyapti. Chunki rassomlar oddiy haëtni kulgili qilib tasvirlagan¸ deydi suhbatdosh.

Ko‘rgazma tashkilotchisi, Ozodlik iltimosiga ko‘ra, tomoshabinlardan birini telefonga chaqirib berdi. O‘zini Nargiza, deb tanishtirgan 20 yashar oliygoh talabasi ko‘rgazmadan olgan taassurotini o‘rtoqlashdi:

- Kulgili judayam. Rosa kuldim. Boshqalar ham kulyapti. Menga masalan, qaynona-kelin janjali haqidagi karikaturalar juda ëqdi. Matbuotda karikatura yo‘q, shu bois bu ko‘rgazma ayni muddao¸ deydi Nargiza.

Bir shaharda ikki karikatura ko‘rgazmasi

Toshkentdagi “Fotografiya uyi” ko‘rgazmalar zalida boshqa rassomlar qatorida asarlari qo‘yilgan karikaturachi rassom Radik Azizov ayni bir paytda Ikuo Xirayama nomidagi madaniyat karvon saroyida shaxsiy ko‘rgazmasini ham o‘tkazmoqda. Ko‘rgazma zali mudiri Gavhar Saodatovaning Ozodlikka bildirishicha¸ 14 aprelga qadar ochiq turadigan bu ko‘rgazma faqat Radik Azizovning asarlaridan iborat:

- Karikatura bilan birgalikda rassomning moybo‘ëqda ishlangan yumoristik-quvnoq asarlari ham namoyish qilinmoqda. Ko‘rgazmaning nomini “Kulgi kaleydoskopi”, deb atadik. Nega bunday ataganimizni ko‘rgazmaga kelsangiz bilasiz. O‘n marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi deydiku. Azizovning rasmlari bahor mavsumiga mos rang-barang. Shu bilan birga bu asarlarida kuchli ironiya bor¸ deydi ko‘rgazma zali mudiri Gavhar Saodatova.

Rassom Radik Azizov

Rassom Radik Azizov

​50 yashar rassom Radik Azizov Toshkent viloyatining To‘ytepasida tug‘ilgan. Karikatura va animatsion filmlarga rasm chizishga ixtisoslashgan. To‘qsondan ortiq xalqaro karikatura ko‘rgazmalari qatnashchisi. Radik Azizovning ismi “Karikatura katta ensiklopediyasi”- ga kiritilgan.

Shu kunlarda "Mushtum" jurnalidan tashqari birorta nashrda karikatura chop qilinmasligi bois rassomlar ko‘rgazma vositasida o‘z asarlarini namoyish qilishga majbur.

Nasriddindan boshlangan janr

Turkistonda 19-asrda toshbosma kitob sanoati rivojlangani asnosida ilk karikaturalar paydo bo‘lgan edi. Bu karikaturalar toshbosma usulda chop qilingan Afandi latifalariga chizilgan rasmlar edi.

1923 yilning fevraldan chop qilina boshlangan birinchi o‘zbek hajviy jurnali - “Mushtum” Markaziy Osiëda karikatura rivoji uchun imkon yaratdi.

1991 yili 160 ming nushada oyda ikki marta nashr qilingan "Mushtum" jurnali shu kunlarda oyda bir marta 3 ming nushada chop qilinmoqda.

Ayni paytda internetdagi Eltuz.com nashri o‘zbek karikaturachilarining asarlarini chop qilishni yo‘lga qo‘ydi.

Eltuz.com rassomiTuz mo‘yqalamiga oid rasm

Eltuz.com rassomiTuz mo‘yqalamiga oid rasm

XS
SM
MD
LG