Линклар

Tojikiston Oliy sudida Islom uyg‘onish partiyasining 13 nafar faoli ishi bo‘yicha mahkama jarayoni yakunlandi, sud kollegiyasi chiqarilajak hukm yuzasidan kengashmoqda.

Bu haqda Ozodlikning tojik xizmatiga ma’lum qilgan Oliy sud vakiliga ko‘ra, bu odamlar ustidan hukm yaqin kunlar ichida chiqariladi.

Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi rahbariyatiga kirgan 13 faol o‘tgan yilning sentyabr oyida sobiq mudofaa vaziri Abduhalim Nazarzodaning qurolli guruhiga qarshi amaliyot tugashi bilanoq qo‘lga olingan.

Tojik rasmiylari Islom uyg‘onish partiyasi a’zolarini va xususan, hozir chet elda yurgan partiya lideri Muhiddin Kabiriyni bu qurolli isyonga aloqadorlikda ayblaganlar.

Bu iddaolar “Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi faoliyatini taqiqlash uchun bahona” ekanini aytgan Kabiriy o‘zi va safdoshlariga nisbatan bildirilgan ayblovlarni rad etgan.

Tojik rasmiylari 2015 yilning 29 sentyabrida Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasini terror tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shgan.

XS
SM
MD
LG