Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:28

Turkmanistonda oila qurmoqchi bo‘lganlar OITV tekshiruvidan o‘tadi


Turkmanistonda qabul qilingan yangi qonunga muvofiq, bundan buyon oila qurmoqchi bo‘lganlardan orttirilgan immuntanqisligi virusi tekshiruvidan o‘tish talab qilinadi. Bundan virusga chalingan odamlar nikoh uchun ruxsat ololmasligi anglashiladi.

Turkmanistondagi davlat nashrlari xabariga ko‘ra, yangi tartibdan ko‘zda tutilgan maqsad “sog‘lom oilalar qurish va bolalarning OITV bilan tug‘ilishining oldini olish”dir.

Bu kabi tekshiruv endilikda giyohvand modda iste’mol qiluvchi shaxslar, ish vizasi olmoqchi bo‘lgan chet elliklar, sudlanganlar va qon donorlari uchun ham majburiy qilib qo‘yildi.

Prezident Qurbonquli Berdimuhamedov imzolagan qonunda OITVga chalingan odamlarni bepul davolash kafolatlangan. 2002 yilda turkman rasmiylari mamlakatda virus yuqtirgan faqat ikki kishi borligi, ular ham kasallikni xorijdan yuqtirib olgani haqida bayonot bergandilar. Hozirda Turkmanistonda OITVga chalingan 15 ming chog‘li odam borligi taxmin qilinadi.

XS
SM
MD
LG