Линклар

O‘zbekiston davlat soliq xizmatining boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda o‘tkazgan nazorat tadbirlari tufayli yil boshidan buyon noqonuniy taksichilik bo‘yicha mamlakatda bo‘ylab 5490 holat aniqlangan. Bu haqda Podrobno.uz sayti Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Xabarga muvofiq, noqonuniy taksichilarni aniqlash uchun hokimiyat, yo‘l xavfsizligi xodimlari, soliq idoralari va transport shirkatlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan. Birgina Toshkent shahrining o‘zida 47 ta shunday guruh o‘z faoliyatini boshlagan.

Avvalroq O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2015 yilda O‘zbekistonda lizentsiyasiz taksichilik qilgan 20 mingdan ziyod haydovchi jarimaga tortilgani, ulardan qariyb 7 million dollar jarima undirilgani haqida ma’lum qilgandi.

2012 yil yanvarida O‘zbekistonda litsenziyasiz taksichilik qilganlik uchun jarimalar joriy qilingan. Bu tartibga ko‘ra, noqonuniy taksichilik qilganlar eng kam oylikning 20 barobaridan 150 barobariga qadar jarima to‘lashlari mumkin.

XS
SM
MD
LG