Линклар

Qibris rasmiylari EgyptAir aviashirkatiga qarashli uchoqni olib qochganlikda ayblanayotgan Sayfiddin Mustafoni Misrga topshirishga rozi bo‘ldilar. Bu haqda Reuters Misrning MENA davlat agentligi ma’lumotiga tayangan holda xabar qiladi.

Sayfiddin Mustafoni Misrga topshirish protsedurasi bir necha haftagacha cho‘zilishi mumkin. Misr rasmiylariga topshirilguniga qadar ayblanuvchi hibsda tutib turiladi.

Shu yilning 29 mart kuni 59 yoshli Sayfiddin Mustafo portlatib yuborish tahdidi bilan Aleksandriyadan Qohiraga uchayotgan va bortida 81 kishi bo‘lgan samolyotni olib qochgandi.

Samolyot Qibrisdagi Larnaki aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Yerga qo‘nilganidan keyin Mustafo garovdagilarning ko‘pchiligini ozod qilgan, so‘ngra politsiyaga taslim bo‘lgandi.

30 mart kuni Qibris rasmiylari Mustafoga samolyot olib qochganlik, odam o‘g‘irlaganlik, portlovchi moddalar saqlaganlik va o‘lim bilan tahdid etganlik ayblovlari qo‘yilganini ma’lum qilgandilar. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Sayfiddin Mustafo aybini bo‘yniga olgan.

XS
SM
MD
LG