Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:27

Rossiya sudi Putinni xalqqa dushmanlikda ayblagan fuqaro arizasini ko‘rib chiqadi


Saratov oblasti arbitraj sudi Balakovo shaharchasida yashovchi Nikolay Suvorovning prezident Putin ustidan bergan shikoyat arizasini ko‘rib chiqish uchun qabul qildi.

Mahalliy "Svobodnie novosti" portaliga ko‘ra¸ Putinni xalq dushmani¸ oligarx va chinovniklar do‘sti¸ Rossiyani talon-taroj qilgan¸ xalqni qashshoqlashtirib¸ amaldor¸ bankir va milliarder-qaroqchilarni boyitgan prezident deb atagan Suvorov¸ uning iste’fosini talab qilmoqda.

Mahkamaning dastlabki majlisi 28 aprelga belgilangan. Putin yoki uning rasmiy vakili 25 aprelga qadar Suvorov arizasiga munosabat bildirishi kerak.

Fevral oyida Moskva shahar Tverskoy sudi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asosochisi Aleksey Navalniyning Putin ustidan shikoyat arizasini qabul qilmagan edi.

Navalniy o‘z shikoyatida Putinni “Korrupsiyaga qarshi kurash” to‘g‘risidagi federal qonunchilikni buzganlikda ayblagan¸ mahkama bu arizani “ko‘rib chiqishga arzimaydigan” deb topgan edi.

XS
SM
MD
LG