Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:07

Kelasi to‘rt yilda O‘zbekiston mudofaa uchun $12 milliard sarflaydi


Strategic Defence Intelligence guruhi e’lon qilgan yangi prognozga ko‘ra¸ 2017-2021 yillar davomida O‘zbekistonning mudofaaga sarflaydigan mablag‘i miqdori 11¸8 milliard AQSh dollariga yetishi mumkin.

Markaziy Osiyodagi eng katta va eng kuchli armiya ekani aytiladigan O‘zbekiston qurolli kuchlariga 2012-2016 yillar davomida 9¸7 milliard dollar mablag‘ sarflangan.

Harbiy tahlilchilarga ko‘ra¸ O‘zbekiston hukumatining yangi mudofaa tizimlari sotib olish va mamlakat ichkarisida terrorchilikka qarshi kurashga ko‘rsatayotgan ishtiyoqi mudofaa xarajatlari oshishini bashorat qilishga asos beradi.

Hisobotda aytilishicha¸ O‘zbekistonning 2012 yilgi mudofaa xarajatlari 1¸8 milliard dollardan 2016 yilga kelib 2¸1 milliard dollarga ko‘tarilgan.

O‘zbekiston kelasi to‘rt yil ichida asosan jangavor vertolyot va uchqichlar¸ bronitexnika va kuzatuv vositalari sotib olishga qiziqish ko‘rsatmoqda.

XS
SM
MD
LG