Линклар

Qirg‘izistonda Qurmonbek Bakievni hokimiyatdan ag‘dargan xalq qo‘zg‘olonining 6 yilligi bayram qilinmoqda.

Kuni-kecha 7 aprel mamlakatda Aprel xalq inqilobi kuni sifatida rasmiy bayram deb e’lon qilindi va bu bayram birinchi marta dam olish kuni sifatida nishonlanmoqda.

Bugun yuzlab odam¸ xususan¸ joriy hokimiyat vakillari Bishkek yaqinidagi inqilob qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

2010 yilda Qurmonbek Bakiev hukumatiga qarshi boshlangan noroziliklar davomida xavfsizlik kuchlari ochgan o‘tdan 100 ga yaqin odam nobud bo‘lgan edi.

Ko‘p o‘tmay mamlakatdan qochib ketgan Bakiev va uning oilasi Belarusda yashab kelmoqda.

XS
SM
MD
LG