Линклар

Anqara rahbariga ko‘ra¸ Turkiya hukumati 20 martdan boshlab Gretsiyadan deportatsiya qilinayotgan suriyalik qochqinlarga muvaqqat boshpana berishni kafolatlaydi.

Turkiya va YeI o‘rtasida erishilgan kelishuvga ko‘ra¸ Gretsiyadan haydalgan har bir noqonuniy suriyalik muhojir evaziga YeI bir suriyalikni qonuniy muhojir sifatida qabul qilishi lozim.

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on¸ YeIni hozirga qadar o‘zaro kelishuvda zimmasiga olgan majburiyatlaridan birortasini bajarmaganlikda aybladi.

Erdo‘g‘on¸ agar ittifoq o‘z va’dasida turmasa¸ Anqara hukumati ham kelishuv shartlarini bajarmasligidan ogohlantirdi.

O‘zaro kelishuvga muvofiq¸ YeI Turkiyaga bir necha milliard dollarlik moliyaviy yordam berishi¸ turkiyaliklar uchun vizasiz rejim joriy qilishi va Turkiyaning YeIga kirishiga oid rasmiy muzokaralarni tezlashtirishi lozim.

XS
SM
MD
LG