Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:37

Putin offshor shirkatlariga aloqasi borligini mutlaq inkor qildi


Panamadagi Mossack Fonseca advokatlik shirkatiga oid 11 milliondan ko‘proq maxfiy hujjatlarning sizdirilishiga munosabat bildirgan Rossiya prezidenti¸ offshor bank hisoblarining o‘ziga aloqador ekani haqidagi taxminlarni rad qildi.

Panama Leaks voqeasini G‘arbning Moskvaga qarshi navbatdagi ig‘vosi deb baholagan Putin¸ o‘zining bolalik o‘rtog‘i¸ musiqachi Sergey Rolduginning noqonuniy moliyaviy operatsiyalarga aloqadorligini ham inkor qildi.

G‘arb matbuotiga sizdirilgan Panama shirkati hujjatlari¸ tahlilchilarga ko‘ra¸ Putinga yaqin shaxslarning 2 milliard dollarni offshor bank hisoblari orqali yuvganini taxmin qilishga asos beradi.

Fosh etilgan Mossack Fonseca hujjatlari dunëning aksar davlatlaridagi hokimiyat rasmiylari va badavlat shaxslarning soliqdan qochish yoki pul yuvish amaliyotlariga tortilganiga oid janjallarga sabab bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG