Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:11

Rossiya razvedkasiga ko‘ra¸ Afg‘onistonda 6000 ga yaqin ishidchi to‘plangan


Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasinga ko‘ra¸ “Islomiy davlat” terror guruhi 2015 yil oxiridan boshlab Afg‘onistondagi pozitsiyalarini mustahkamlashga o‘tgan va hozirda Markaziy Osiyoga tutash bu mamlakatda taxminan 6000 nafarga yaqin ishidchi bor.

“Kazaxstanskaya pravda” nashriga bergan intervyusida Karasin¸ Afg‘onistondagi 35 mintaqadan 24 tasida ishidchilar va ular tarafdorlari mavjudligini ko‘rsatuvchi razvedka ma’lumotlari borligini tilga oldi.

Afg‘oniston shimolida minglab ishidchi jangari to‘planganini alohida ta’kidlagan Rossiya rasmiysi¸ bu jangarilar ko‘pchiligining O‘zbekiston¸ Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari ekanini ham ta’kidladi.

Bu raqamlar shunchaki havodan olinmaganini alohida urg‘ulagan Karasin¸ Afg‘onistonda ishidchilar sonining ko‘payib borayotganini Markaziy Osiyo xavfsizligiga tahdid ekanini bayon qildi.

XS
SM
MD
LG