Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:14

O‘zbekistonning futbol bo‘yicha terma jamoasi FIFA reytingida 9 pog‘ona yuqoriladi


O‘zbekistonning futbol bo‘yicha terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi - FIFA reytingidagi o‘z ko‘rsatkichlarini bir oy ichida 9 pog‘onaga yaxshilashga erishdi.

payshanba kuni e’lon qilingan yangi reytingga asosan, o‘tgan oyda 74 - o‘rinda turgan O‘zbekiston terma jamoasi 66-o‘ringa ko‘tarilgan. Bunga O‘zbekiston futbolchilarining Filippinlar va Bahrayn terma jamoalari ustidan g‘alaba qozongani sabab bo‘lgan.

Osiyo zonasida O‘zbekiston terma jamoasi Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan keyinggi 6 –o‘rinni egallamoqda.

FIFA reytingidagi birinchi uch o‘rin Argentina, Belgiya va Chili jamoalariga tegishlidir.

XS
SM
MD
LG