Линклар

logo-print

Orenburgda ikki shaxsning o‘limiga sababchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatining 7 aprel kuni xabar berishicha, mazkur shaxs o‘z vatanida mast holda avtomobilni boshqarib, ikki odamni bosib ketgan. Shundan so‘ng u jazodan qochib, yashirinib yurgan. O‘zbekiston huquq-tartibot tuzilmalari unga nisbatan qidiruv e’lon qilgan.

Mazkur shaxs Orenburgdagi Sagarchinskiy chegara –o‘tkazish punktini kesib o‘tishga harakat qilayotgan paytda chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan. Yaqin kunlarda qo‘lga olingan shaxsning O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG